Mariya Sharapova chorak finalda!
Xitoyda xotin-qizlar o‘rtasida davom etayotgan “WTA Shenzhen Open – 2018” turnirida tennis malikalari chorak final yo‘llanmasi uchun kuch sinashmoqda.
Musobaqaning ikkinchi davrasida rossiyalik Mariya Sharapova amerikalik Elison Riskeni 4:6,6:3,6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Qozog‘istonlik Zarin Diyas esa mezbon tennischisi Jan Shuayni 6:3, 6:7, 6:4 hisobida engdi. Shu tariqa Mariya va Zarin chorak finalda o‘zaro raqobatlashadigan bo‘ldi.
Shuningdek, bugun Timea Babosh (Vengriya) va Magda Linett (Polsha) o‘rtasidagi uchrashuv 6:2, 6:1 hisobida yakunlangan bo‘lsa, Arina Sobolenko (Belarus) hamda Danka Kovinich (Chernogoriya) bahsida 6:1, 6:0 hisobi qayd etildi.
Ertaga, 3 yanvar kuni Irina Begu (Ruminiya) – Ekaterina Aleksandrova (Rossiya), Simona Xalep (Ruminiya) – Duan In-In (Xitoy), Katerina Sinyakova (Chexiya) – Yafan Van (Xitoy), Ana Bogdan (Ruminiya) – Kristina Plishkova (Chexiya) chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun kortga chiqadi.

Fikrlar