Mariya Sharapova uchinchi davrada

  • 18 yanvar, 2018, 10:14
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

“Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” musobaqasining xotin-qizlar o‘rtasidagi yakkalik bahslarining ikkinchi davrasida rossiyalik Mariya Sharapova latviyalik Anastasiya Sevastovani 6:1, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Endi Mariya Sharapova uchinchi davrada germaniyalik Anjelik Kerber va xorvatiyalik Donna Vekich uchrashuvi g‘olibiga qarshi kortga chiqadi.

Shuningdek, britaniyalik Yoxanna Konta ushbu davrada xorvatiyalik Bernarde Peraga qarshi kortga chiqdi va  4:6, 5:7 hisobida engildi. Shu tariqa Bernarde uchinchi bosqichda chexiyalik Barbora Strikova bilan qarshi raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!