Maruan Fellayni: Mourino qattiqqo‘l, lekin adolatli

  • 14 iyul, 2019, 15:09
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" klubi sobiq yarim himoyachisi Maruan Fellayni mankuanliklarning sobiq ustozi Joze Mourino haqida gapirib o‘tdi.

“Mourino qattiqqo‘l, lekin adolatli. Men uchun u buyuk inson, uning shaxsiyati meni hayratga soladi. Futboldagi murabbiy va o‘yinchi o‘rtasidagi tushunmovchilik bu – oddiy hol”, - deydi belgiyalik futbolchi.

Ma’lumot uchun, Maruan Fellayni "Manchester Yunayted" sharafini 2013-2019 yillarda himoya qilgan. U hozirda Xitoyning "Shandun Lunen" klubida to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!