Mavsumning eng yaxshi to‘purari "Lester"ga o‘tadi

  • 6 iyun, 2021, 22:49
  • 0
  • Futbol

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, "Seltik" hujumchisi Odsonn Eduar faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishga yaqin turibdi.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 23 yoshli frantsiyalik futbolchi "Lester" bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Tomonlar 2026 yilga qadar tuzilgan shartnoma shartlari masalasida muzokaralar olib bormoqda.

Eduar o‘tgan mavsum Shotlandiya chempionatida 31 ta o‘yinda raqib darvozasiga 18 ta gol urdi va chempionatning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.

“Lester” ortda qolgan mavsumda APLda 5-o‘rinni egalladi. “Tulkilar” yangi mavsumda Evropa ligasida ishtirok etishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!