Mbappe o‘z nomini tarixga “mixladi”

  • 5 mart, 2023, 18:29
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatining 26-turi jamoa hujumchisi Kilian Mbappe uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi.

24 yoshli forvard “Nant” darvozasini ishg‘ol qilib, Parij klubi safida kiritgan gollari sonini 201 taga etkazdi. Mbappe klub tarixida eng zo‘r to‘purarga aylanishi uchun 247 ta bellashuv kifoya qildi xolos.

Bundan buyog‘iga Mbappening PSJda urgan har bir gol yangi rekord sifatida qayd etilaveradi. Avvalgi rekord natija urugvaylik hujumchi Edinson Kavaniga tegishli edi. U o‘z davrida PSJ uchun 200 ta gol urgan birinchi futbolchi bo‘lgan.

Mbappening PSJ bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etishini inobatga olsak, u o‘z ko‘rsatkichini yanada oshirishi uchun juda katta imkoniyat bor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!