Mbappe PSJ tarixini yangilamoqda!

  • 27 fevral, 2023, 17:06
  • 0
  • Futbol

PSJ futbolchisi Kilian Mbappe "Marsel" klubi darvozasiga ikkita to‘p kiritdi. Bu uning jamoa tarixidagi 199 va 200-gollariga aylandi. 

Shu orqali, frantsiyalik iqtidor sohibi PSJ tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 1-pog‘onadagi Edinson Kavaniga tenglashib oldi. Hozir "Valensiya"da o‘ynayotgan hujumchining hisobida ham 200 ta gol mavjud. 

Ma’lumot o‘rnida, keyingi o‘rindan 156 gol bilan Zlatan Ibragimovich joy olgan. Uning hisobida 156 gol bor. Neymar esa parijliklar tarkibida 118 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!