Bosh murabbiy Mbappeni nimalar kutayotganini aytdi

  • 2 mart, 2023, 10:01
  • 0
  • Futbol

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte jamoaning etakchi hujumchisi Kilian Mbappening kelajagi haqida iliq fikrlarini bildirdi.

- Kilian klub uchun 200-golini urib, rekord o‘rnatdi. H,a biz hali ham Edinson Kavaninng natijalarini eslaymiz. Lekin Mbappe uning natijalarini yangilaydi.

Men Mbappe dunyoning eng zo‘r hujumchisiga aylanishiga ishonman. Kilian juda tez yuguradi, umuman olganda, u hamma narsada tezkorlik ko‘rsatadi va muhim uchrashuvni hal qilishni biladi, - dedi Kristof Galte.

Kilian Mbappe o‘tgan yili yozda PSJ bilan yangi bitim tuzib, 2025 yilning yarmigacha poytaxtda qolishga qaror qilgandi. Lekin keyinchalik 24 yoshli futbolchi tanlovidan pushaymon ekani haqida xabarlar ko‘payib ketdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!