Meksika - O‘zbekiston uchrashuvining hakamlari ma’lum

  • 11 sentabr, 2023, 23:42
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, ayni kunlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQShda bo‘lib turibdi. Vakillarimiz 13 sentyabr kuni tongda Toshkent vaqti bilan 05:00da yana bir o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Srechko Katanets shogirdlari bu gal Meksikaga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuvni amerikalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam — Viktor Rivas, unga qanotlarda Luis Uranga va Jeremi Kezo yordam beradi. 4-rasmiy hakam vazifasi esa Kayl Jonsonga topshirilgan.

O‘yin Atlantadagi “Mercedes-Benz” stadionida o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!