Meksika o‘z qit’asida yana chempion bo‘ldi va rekordni yangiladi!

  • 17 iyul, 2023, 09:54
  • 0
  • Futbol

Meksika KONKAKAF kubogi finalida Panamani 1:0 hisobida mag‘lub etdi va chempionlikni qo‘lga kiritdi.

O‘yindagi yagona g‘alaba golini 88-daqiqada “Feyenoord” hujumchisi Santyago Ximenes kiritdi.

Shu tariqa Meksika terma jamoasi 12-marta turnir g‘olibi bo‘lib, rekordni yangiladi. AQSh hisobida 7 ta g‘alaba bor.

Meksika – Panama 1:0 (0:0, 1:0)

17 iyul, 04.30, «SoFi Stadium»

Gol: 1:0 – 88 Ximenes.

Meksika: Ochoa, Sanches, Montes, Vaskes, Galyardo, Chaves (Sanches, 75), Alvares, Romo, Pineda (Reyes, 90), Antuna (Alvarado, 75), Martin (Ximenes, 85).

Panama: Moskera, Kammingz (Londoño, 90), Eskobar, Andrade, Devis (Anderson, 62), Godoy, Karraskilya, Kintero (Uotermen, 61), Barsenas, Dias, Faxardo.

Ogohlantirishlar: Vaskes (11), Kammingz (21), Montes (45), Galyardo (54), Karraskilya (55), Alvares (60), Godoy (64), Moskera (90).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!