Ronaldo yoki Ronaldu?

  • 27 aprel, 2020, 11:41
  • 0
  • Futbol

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino braziliyalik hujumchi Ronaldoni futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchi deb hisoblashini aytdi.

“Tarixdagi eng zo‘r futbolchi bu Ronaldo hisoblanadi. U ajoyib edi. Ha, Ronaldu va Messi uzoq vaqtdan buyon barqaror o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda. Biroq, siz iste’dod va mahoratni inobatga olsangiz, u holda Ronaldo ustun”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Ronaldo faoliyati davomida "Kruzeyro", PSV, "Barselona", "Inter", "Real", "Milan" va "Korintians" klublarida to‘p surgan. Braziliya terma jamoasi safida esa 98 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 62 ta gol urishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!