Messi "Barselona"da shug‘ullanmaydi, chunki...

  • 1 avgust, 2021, 12:24
  • 0
  • Futbol

Argentinalik hujumchi Lionel Messi yangi shartnoma imzolamaguncha "Barselona" bilan mashg‘ulot o‘tkazmaydi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaning yozishicha, ertaga, 2 avgustda argentinalik futbolchi Amerika kubogi finalida ishtirok etgan Emerson va Serxio Aguero bilan birga Kataloniya klubi qarorgohiga kelishi kutilmoqda. Ammo, Messi "Barselona" mashg‘ulotlariga qo‘shilishi kutilmayapti, chunki uning klub bilan hali shartnomasi yo‘q.

Hozir Lionel oilasi bilan birga Ibitsada dam olmoqda. Ular “Barsa”ning sobiq futbolchilari - Sesk Fabregas va Luis Suares bilan birga dam olishmoqda.

Messi shartnomasi yakunlangani bois ayni damda erkin agent hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!