Messi bu borada Ronaldoni natijasini takrorladi

  • 14 dekabr, 2022, 02:24
  • 0
  • Futbol

Lionel Messi Xorvatiyaga qarshi uchrashuvning 34-daqiqasida penaltidan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Bundan tashqari, Xulianning ikkinchi goliga ham assistentlik qildi.

Hujumchi shu tariqa faoliyati davomida Argentinaning mundiallardagi 13 ta o‘yinida gol va assist amalga oshirdi.

Ushbu natijani 1966 yildan keyin faqatgina Braziliya afsonasi Ronaldo amalga oshirgandi.

Argentina Xorvatiyani mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi. Messi ikkinchi bor ushbu kubokni yutishga harakat qilib ko‘radi. Ularni oldinda Frantsiyaga qarshi o‘yin kutmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!