Messi “Real” yulduzi bilan birga o‘ynamoqchi

  • 1 oktabr, 2023, 18:20
  • 0
  • Futbol

“Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi va klub xo‘jayini Devid Bekxem “Real” yulduzi Luka Modrichning AQShga ko‘chib o‘tishini istayapti.

- Modrich AQSh chempionatiga ko‘chib o‘tadimi? To‘g‘risini aytsam, Modrich bu chempionatning juda ko‘p klublaridan taklif oldi. Xususan, Lionel Messi shaxsan uni o‘z jamoasiga chorladi.

Luka Devid Bekxem bilan uchrashdi va ular birga tushlik qildi.

Shuningdek, xorvatiyalik futbolchiga Saudiya Arabistonidan ham takliflar ko‘p bo‘lyapti. Biroq Lukaning o‘zi Madridda qolishni istaydi, - dedi o‘z davrida “Real” o‘ynagan va ushbu klubda ishlagan Predrag Miyatovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!