Messi va Jordanning o‘xshashligi nimada? Seten javob berdi

  • 10 iyun, 2020, 15:16
  • 0
  • Futbol

"Barselona" klubining bosh murabbiyi Kike Seten jamoa hujumchisi Lionel Messi va basketbolning tirik afsonasi Maykl Jordanni solishtirdi.

"Menga "so‘nggi raqs" (Maykl Jordan haqida ishlangan hijjatli film) kinosini ko‘rish yoqimli bo‘ldi.

Har qanday narsa foydali bo‘lishi mumkin. Fil Jekson (Jordanning "Chikago"dagi murabbiyi) ham juda ko‘p iqtidorli basketbolchilar bilan ishlangan. Men ular bilan 2 oy vaqt o‘tkazganman.

Messi va Jordanga kelsak, har ikkisi ham g‘alabaga bo‘lgan chanqog‘i kuchli ekanligi bilan o‘xshashdir.

Barcha kuchli sportchilar o‘zlarining g‘alaba qozona olishlarini bilishadi, faqat bu uchun ularda o‘zlariga bo‘lgan ishonch kerak," - dedi Seten.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!