Messi va Suaresning jamoasiga yana bir yulduz futbolchi qo‘shilishi kutilmoqda

Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi, hozirda “Benfika”da to‘p surayotgan Anxel Di Mariya faoliyatini AQShda davom ettirishi mumkin.

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 36 yoshli tajribali futbolchiga "Inter Mayami" klubi qiziqish bildirmoqda. Di Mariyaning Portugaliya klubi bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirigacha amal qiladi, shundan so‘ng futbolchi erkin agentga aylanadi. Ayni paytda AQSh klubi Anxel bilan bo‘lajak transfer tafsilotlari bo‘yicha muzokaralar boshlagan.

Joriy mavsumda argentinalik futbolchi “Benfika” safida barcha musobaqalarda jami 46 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va sheriklariga 15 ta golli uzatma oshirdi.

Hozirgi paytda “Inter Mayami” safida Di Mariyaning sobiq jamoadoshi Lionel Messi, shuningdek urugvaylik super hujumchi Luis Suares to‘p surmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!