Messining ketgani yaxshi bo‘ldi

Frantsiyalik futbol eksperti Jyulen Loran o‘tgan yoz PSJ tarkibida bo‘lgan o‘zgarishlar jamoa uchun foydali bo‘lganini ta’kidladi.

- Jamoada xudbinlik kamaygani evaziga, muammolar ham ozaydi. Endi Lionel Messi yo‘q, Neymar va Marko Verratti ham yo‘q.

Hozir jamoa ichida hamma bir biri bilan til topishyapti, hazil-huzul, latifalar bo‘lyapti. Ilgari PSJda guruhbozlik bor edi, hozir bunaqasi ko‘zga tashlanmayapti, - dedi Jyulen Loran.

Ma’lumki, yaqingacha Parij klubida janubiy amerikalik futbolchilarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Jamoa etakchisi hisoblangan Kilian Mbappe ham klub rahbariyatidan bir necha bor bu vaziyatga e’tibor qaratishni so‘ragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!