Messining PSJga o‘tgan basketbol yulduzi Maykl Jordanga daromad keltirdi

  • 18 avgust, 2021, 11:00
  • 0
  • Futbol

TyC Sports nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Lionel Messining PSJ safiga qo‘shilishi mashhur basketbol yulduzi Maykl Jordanga 6 million evro miqdorida daromad keltirgan.

58 yoshli Jordanga tegishli bo‘lgan “Air Jordan” brendi PSJ bilan hamkorlik qilib keladi. O‘zaro kelishuvga ko‘ra, bu kompaniya PSJ futbolchilari futbolkasi savdosidan besh foiz miqdorida ulush oladi. Bir hafta mobaynida basketbolchining kompaniyasi Messi nomi tushirilgan futbolkalar sotuvidan olti million evro miqdorda foyda ko‘rdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Messining futbolkalari 157,99 evro (kattalar uchun),  87,99 evro (bolalarga) va 107,99 evro (ayollarga) evaziga sotilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!