Messining sobiq ustozi Ronalduni eng zo‘ri deb biladi

  • 27 oktabr, 2023, 13:38
  • 0
  • Futbol

PSJning sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Al-Duhail" boshqaruvchisi Kristof Galte portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Krishtianuga qarshi o‘ynash qiyin. Ta’riflashga so‘z topa olmayapman. U 38 yoshida ham ajoyib darajada harakat qilmoqda. Ronaldu hamon dunyoning eng zo‘ri", - deya frantsiyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi "Goal" nashri.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu Saudiya Arabistonining “An-Nasr” jamoasida 2023 yilning yanvaridan buyon o‘ynamoqda. Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 9 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!