Messining yoniga “Real”dagi raqibini olib kelishmoqchi

  • 20 sentabr, 2023, 11:00
  • 0
  • Futbol

“Inter Mayami” yozgi transferlar davrida Lionel Messi, Jordi Alba, Serxio Buskets kabi Evropada dong taratgan futbolchilarni oliyub keldi.

MLS klubi bu an’anani davom ettirmoqchi. “Inter Mayami” mutasaddilari “Real”ning 38 yoshli yulduzi Luka Modrichni o‘z safiga chorlamoqda.

Xorvatiyalik pleymeyker mavsum oxirida erkin agentga aylanadi. Ayni paytda Luka Modrich asosiy tarkibga kirishga qiynalmoqda va “Qirollik klubi” kelasi yoz katta ehtimol bilan unga shartnoma taklif qilmaydi.

“Inter Mayami” Luka Modrichni yanvardayoq olishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich 2018 yili “Oltin to‘p”ni olgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!