“Metallurg” - “So‘g‘diyona” uchrashuvida ustunlik kim tomonda?

  • 18 sentabr, 2022, 16:27
  • 1
  • Futbol

Bugun O‘zbekiston Superligasi 18-turi doirasidagi “Metallurg” - “So‘g‘diyona” uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Shu bois, mazkur jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi natijalari bilan tanishtiramiz.

Mazkur klublar bugungacha kuchlilar safida o‘zaro 41 ta o‘yin o‘tkazgan: 18 ta uchrashuvda jizzaxliklar, 15 tasida bekobodliklar zafar quchgan. 8 ta uchrashuvda esa durang natija qayd etilgan. Kiritilgan va o‘tkazib yuborilgan to‘plar farqi – 57:51, “So‘g‘diyona” foydasiga.

Mazkur jamoalar o‘rtasida qayd etilgan eng yirik hisob – 4:0. “So‘g‘diyona” 2001 yildi o‘z maydonida ham, safarda ham bir martadan shunday hisobda zafar quchgan. Eng gollarga boy o‘yin 2014 yili Zominda bo‘lgan uchrashuvda kuzatilgan. Unda darvozalarga to‘qqizta to‘p kiritilgan – 5:4.

Ushbu jamoalarning Bekobodda o‘tkazilgan o‘yinlar nisbati “Metallurg” foydasiga: 12 g‘alaba, 3 durang, 5 mag‘lubiyat, to‘plar farqi – 29:20.

"Metallurg" matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
18/09/2022 18:59
Честный уйин курармиз