Milliy Olimpiya Qo‘mitasining 2023 yilgi faoliyati va "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi (fotogalereya)

O‘zbekiston Milliy Olimpiya Qo‘mitasining 2023 yilgi faoliyati va "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov, qo‘mita rais o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, qo‘mita matbuot va media departamenti direktori Zafar Imomxo‘jaev hamda jurnalist va OAV vakillari ishtirok etdi. 

"Parij-2024" Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun 409 nafar sportchilar kontingenti (108 nafar asosiy tarkib va 301 nafar sparring sheriklar) tanlab olindi, 103 nafar murabbiylar shtabi va 53 nafar tibbiyot shtabi a’zolari jalb qilindi. 

Xorijiy tajribadan foydalanish va tajriba almashish uchun 21 ta sport turi bo‘yicha 16 ta davlatdan 38 nafar malakali murabbiy-mutaxassislar taklif etildi. 

34 ta Olimpiya sport turlari bo‘yicha milliy terma jamoa a’zolari 208 ta mahalliy va 98 ta xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtiroki ta’minlandi", - deyiladi tadbir davomida.

Marhamat, quyida mazkur jarayondan fotolarni tomosha qiling! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!