Mirzakamol Ne’matovning jangi boshqa kunga qoldirildi

  • 17 noyabr, 2020, 18:08
  • 0
  • Boks

Profescional boksning yarim o‘rta vazn toifasida (66.6kg) o‘z faoliyatini olib borayotgan hamyurtimiz Mirzakamol Ne’matov o‘zining ikkinchi jangini Shohjahon Ergashev bilan birga 16 noyabr kuni "Yuka Boxing" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan boks oqshomida Alisher Ashurovga qarshi o‘tkazishi belgilangan edi. Biroq bu amalga oshmadi.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Ne’matovning raqibida koranavirus aniqlangani sababli, jang 21 dekabr sanasiga ko‘chirilgan.

Ma’lumot uchun, Mirzakamol 1997 yilda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan. Hozirda u Moskva shahrida "Shohjahon_Gym" klubida o‘z mashg‘ulotlarini olib bormoqda. Ne’matov o‘zining profescional yo‘nalishdagi debyut jangida Dmitriy Antipovni 1-raunddayoq texnik nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!