Modrich Anchelottiga ko‘rsatib qo‘ymoqchi

  • 23 noyabr, 2023, 16:29
  • 0
  • Futbol

"Real" yarim himoyachisi Luka Modrich bosh murabbiy Karlo Anchelottiga jamoaga hali ko‘p narsa berishi kerakligini isbotlamoqchi. "Relevo" nashri xabariga ko‘ra, xorvatiyalik yarim himoyachi mavsumning qolgan qismida yaxshi o‘yin ko‘rsatib, "qaymoqranglilar" bilan yangi shartnoma imzolashga umid qilmoqda.

Ayni damda "Real"ning ikki asosiy yarim himoyachilari Chuameni va Eduardo Kamavinga jarohatlari sababli shifoxonada. Bu Modrichga bir nechta uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlash va Anchelottiga o‘zini ko‘rsatish imkoniyatini beradi.

38 yoshli Modrichning "qirollik klubi" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. Ushbu mavsumda Modrich Ispaniya chempionatining 11 uchrashuvida qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!