Mourino faoliyatini Turkiya chempionatida davom ettirishi mumkin

Portugaliyalik mutaxassis Joze Mourino faoliyatini Turkiya chempionatining "Fenerbaxche" klubida davom ettirishi mumkin.

Ayni damda istanbul klubini Ismail Kartal boshqarmoqda. Uning amaldagi shartnomasi mavsum so‘nggigacha mo‘ljallangan. Klub rahbarlari u bilan kelishuvni uzaytirmaslikni rejalashtirmoqda.

Ma’lumot uchun, "Fenerbaxche" chempionat yakuniga 9 tur qolganida peshqadam "Galatasaroy"dan ikki ochko ortda qolmoqda. Joze ikki oy avval "Roma"dan iste’foga chiqarilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!