Mourino Sardorning eng katta kamchiligini aytdi

  • 2 dekabr, 2023, 11:41
  • 0
  • Futbol

Joze Mourino Eldor Shomurodov “Roma”ni tark etganidan keyin uning o‘rniga eronlik forvard Sardor Azmunni olib kelgan edi.

Biroq Azmun ham Joze Mourinoning talablariga to‘liq javob bera olmayapti. Buning oqibatida “Bayer”dan ijaraga olingan osiyolik o‘yinchi asosiy tarkibga kirishi qiyinlashib qoldi.

Joze Mourino Sardorning eng katta kamchiligi nima ekanini aytdi.

- Sardor Azmun menga yoqadi, lekin Mourinoning haqiqiy futbolchisi bo‘lish uchun uning o‘yinida himoyalanish qobiliyati etishmaydi.

Paulo Dibalada ham xuddi shu kamchilik bor. Shuning uchun maydonda ulardan biri o‘ynasa, kifoya qiladi, - dedi “Roma” bosh murabbiyi.

Sardor Azmun Rimga kelganidan beri A Seriyada sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, atigi bitta gol urdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!