Mourino Saudiya klubidan taklif oldi

"Roma”ning sobiq bosh murabbiyi Joze Mourino Saudiya Arabistoni “Ash-Shabab” klubidan taklif oldi. Bu haqda "Di Marzio" xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 60 yoshli murabbiy taklifni rad qilgani yo‘q va tomonlar tez orada muzokaralarni boshlashi mumkin. Saudiya Arabistoni chempionatining 19-turidan so‘ng “Ash-Shabab” turnir jadvalida 11-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Mourino 16 yanvar kuni “Roma” bosh murabbiyligidan bo‘shatilgan edi. U avvalroq “Chelsi”, “Tottenxem”, “Manchester Yunayted”, “Portu”, “Inter” va “Real” klublarini boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!