Muhammad Saloh va Luka Modrich bir ligada o‘ynaydi

  • 15 sentabr, 2023, 21:02
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistoni klublari kelayotgan qishki va yozgi transferlar mavsumida yana ikki yulduzni Evropadan olib ketmoqchi.

Arablar “Real”ning tajribali o‘yinchisi Luka Modrichni yozda transfer qilmoqchi. Mavsum yakunlanganidan keyin xorvatiyalik futbolchi erkin agentga aylanadi. 38 yoshli Modrich bu z saudiyaliklarning takliflarini qabul qilmadi va madridliklar bilan hamkorligini bir yilga uzaytirdi.

Muhammad Saloh Saudiyaga ko‘chib o‘tishga yaqin edi. Lekin transfer oxiriga etmay qoldi. Lekin saudiyaliklar transfer ishlarini yanvarda davom ettirishni rejalashtiryapti.

“Liverpul” Muhammad Salohga munosib o‘rinbosar topishi bilan misrlik forvardni mo‘may daromad evaziga Saudiyaga qo‘yib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!