MYu yarim himoyachisi jamoani deyarli tark etdi

  • 31 dekabr, 2023, 21:00
  • 0
  • Futbol

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek faoliyatini Bundesligada davom ettirishi kutilyapti. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali xabar berdi. 

"Qizil iblislar" hamda frankfurtliklar rahbariyati niderlandiyalik xavbek borasida deyarli kelishuvga erishgan. U nemis klubi safida sotib olish shartisiz mavsum so‘nggiga qadar to‘p tepadi. 

Qayd etish lozim, Donni MYuda juda kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘layotgandi. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!