Nadal "Uimbldon" va Olimpiadada qatnashmasligini ma’lum qildi

  • 17 iyun, 2021, 17:03
  • 0
  • Tennis

"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi turnirlarning 20 karra g‘olibi, jahonning sobiq birinchi raqamli raketka ustasi Rafael Nadal "Uimbldon" va Olimpiyadada qatnashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u "Tvitter"dagi rasmiy sahifasida yozib qoldirdi:

"Barchaga salom, men bu yilgi "Uimbldon" va Tokiodagi Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etmaslikka qaror qildim. Ushbu qarorni qabul qilish oson bo‘lmadi, lekin tanamga quloq solib, jamoam bilan muhokama qilgandan so‘ng, bu to‘g‘ri ekanligini tushunib etdim".

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Rafa Frantsiya ochiq chempionatida yarim finalga qadar etib bordi va katta kuch yo‘qotdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!