Nainggolanni Turkiyada kutishmoqda

  • 6 sentabr, 2020, 21:49
  • 0
  • Futbol

"Inter" yarim himoyachisi Raja Nainggolan faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin.

Italiyalik jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 32 yoshli belgiyalik futbolchiga "Galatasaroy"dan jiddiy takliflar bo‘lmoqda. Ular Rajani keyinchalik 18 mln evroga sotib olish huquqi bilan bir yilga ijaraga olmoqchi.

Nainggolan o‘tgan mavsumni “Kalyari” safida ijarada o‘tkazgan edi. Unga hozir aynan “Kalyari” ham asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.

Raja Nainggolan “Inter” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida milanliklar safida 36 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 3ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!