"Napoli" rus klubidan futbolchi sotib oladi

  • 31 may, 2019, 13:40
  • 0
  • Futbol

Moskvaning TsSKA klubi himoyachisi Arnor Sigurdsson yozgi transferlar davrida "Napoli"ga ko‘chib o‘tadi. Bu haqda islandiyalik jurnalist Xervar Xaflidason xabar tarqatmoqda.

Unga ko‘ra neapolliklar 20 yoshli islandiyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Biroq, hozircha ushbu transferning moliyaviy tomonlari oshkor etilmayapti.

Ma’lumot uchun, “armiyachilar” Sigurdssonni o‘tgan yoz 4 mln evroga xarid qilishgan edi. U yakunlangan mavsum 27ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7ta gol hamda 2ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning moskvaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!