Navbatdagi imkoniyat: Beyl Madridda qolmoqchi

  • 31 iyul, 2020, 16:37
  • 0
  • Futbol

"Real" hujumchisi Garet Beyl yozda madridliklar tarkibini tark etishga shoshilmayapti.

The Mirror nashri manbasiga ko‘ra, 31 yoshli uelslik futbolchi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Rayan Giggzga mavsumlar oralig‘ida "Santyago Bernabeu"ni tark etmasligi haqida xabar qilgan.

Beylning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yil yozida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda xavbek La liga bahslarida 16 ta o‘yinda ikkita gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!