Nazorat uchrashuvi. 3 ta penalti belgilangan o‘yinda "Metallurg" "Bunyodkor"dan ustun keldi

  • 21 iyul, 2023, 21:08
  • 0
  • Futbol

Nazorat uchrashuvi doirasida "Metallurg" klubi "Bunyodkor" akademiyasi maydonida mezbonlarga qarshi bahs olib bordi. Qiziqarli kechgan bahs 3:2 hisobida bekobodliklar g‘alabasi bilan yakun topdi. 

"Ma’danchilar" safida gollarga Damir Temirov (dubl, bittasi penaltidan) va Sardor Abduraimov mualliflik qildi. "Qaldirg‘ochlar"ning ikki goli Davron Ergashev va Bilol Tupliev nomiga qayd etildi. 

Eslatib o‘tamiz, Superliga navbatdagi turida "Metallurg" safarda "Neftchi" bilan kuch sinashadi. "Bunyodkor" esa Toshkentda "So‘g‘diyona"ni qabul qiladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!