"Neftchi", "Surxon" va "Dinamo" limitdan tashqari bir nechta futbolchilarni transfer qilishga erishdi

  • 18 dekabr, 2023, 17:09
  • 0
  • Futbol

18 dekabr kuni O‘zbekistonda rasman qishki transfer oynasi ochildi va u 2024 yilning 24 fevraliga qadar davom etadi. 

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 12.4-bandiga ko‘ra klub qishki transfer oynasi davomida 10 nafar yangi futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin. O‘tgan mavsumni Pro ligada o‘tkazgan klublar sifatida "Lokomotiv" va "Dinamo" uchun limit 15 tani tashkil qiladi. Shundan kelib chiqilsa, Superliga klubi 18 dekabrga qadar yangi futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazishi mumkin edi. Bu imkoniyatdan "Neftchi", "Surxon" va "Dinamo" klublari faol foydalanib, har biri 3 nafar yangi futbolchi bilan mehnat shartnomasi imzolashga erishdi. Shundan kelib chiqib, ular transfer oynasi vaqtida davom etadigan imkoniyatni to‘liq saqlab qoldi. Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

"Neftchi"
Shohruz Norxonov — 2024, dekabr ("Buxoro")
Sanjar Qodirqulov — 2024, dekabr ("Lokomotiv")
Manuchehr Safarov — 2025, dekabr ("Lokomotiv")

"Surxon"
Sarvar Abduhamidov — 2025, dekabr ("Metallurg")
Ulug‘bek Hoshimov — 2025, dekabr ("Neftchi")
Nodirxon Ne’matxonov — 2025, dekabr ("Neftchi")

"Dinamo"
Humoyunmirzo Iminov — 2024, dekabr ("Buxoro")
Akbarjon Ismatullaev — 2024, dekabr ("Bunyodkor")
Anvarjon Fayzullaev — 2025, dekabr ("Yunired").

Yana 5 ta klub bir nafar futbolchini limitdan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

"Nasaf"
Bobur Karimov — 2026, dekabr ("Mash’al")

OKMK
Giorgi Papava — 2025, dekabr ("Gagra")

"Bunyodkor"
Rustamxon Azimov — 2025, dekabr ("Turon")

"Metallurg"
Rahimjon Davronov 2025, dekabr ("Turon")

"Qizilqum"
Jamoliddin Ubaydullaev — 2024, dekabr ("Buxoro").

Ma’lumot uchun, mazkur futbolchilarning barchasi o‘zining yangi klubiga erkin agent sifatida o‘tdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!