"Neftchi"ning ukrainalik legioneri: "Muxlislaringiz juda talabchan ekan..."

  • 25 fevral, 2023, 16:40
  • 0
  • Futbol

"Neftchi" klubi matbuot xizmati jamoa safiga yangi kelib qo‘shilgan ukrainalik legioner Yuriy Batyushin bilan kichik intervyu uyushtirdi. Quyida ushbu intervyuni to‘liq mutolaa qilishingiz mumkin.

- O‘zbekistonga xush kelibsiz! Yurtimiz haqida qanday tasavvur paydo bo‘ldi?

- Rahmat. Yurtingiz haqida shuni aytishim mumkinki, birinchi taassurotlarim juda ijobiy. Mahalliy aholi tomonidan iliq munosobat va har tomonlama ko‘maklashishga tayyor ekanligi yaqqol sezilmoqda, yangi iqlimga ko‘nikish qiyin bo‘lmaydi, deb o‘ylayman.

- "Neftchi" jamoasiga kelishingiz qanday sodir bo‘ldi?

- Jamoaga kelishim agentim orqali sodir bo‘ldi. U menga "Neftchi" variantini taklif etdi va bir hafta o‘tgach, men jamoaga kelib qo‘shildim.

yuri

- O‘zbek futbolchilaridan kimlarni taniysiz?

- O‘zbekistonda faoliyat olib borayotgan yurtdoshim Andrey Mishenko bilan ilgari tanish bo‘lganmiz, chunki u bilan birga Ukrainada to‘p tepish nasib etgan.

- "Neftchi" tarixiy va o‘ziga yarasha an’analari bor klub. Uni qanchalik o‘rgandingiz?

- Jamoaning an’analari va tarixiga kelsak, hali tanishib ulgurmadim. Imkon qadar tez fursatlarda ushbu kamchiliklarni bartaraf etishga harakat qilaman. Men bilganim, muxlislar juda talabchan ekan.

- Sizni jamoa safidagi faoliyatingizga omad tilab qolamiz.

- Rahmat, xudo xohlasa tez orada jamoa muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz.

 

Manba: "Neftchi" PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!