Nega Arda Gyulerning debyuti kechikmoqda?

  • 9 noyabr, 2023, 12:30
  • 0
  • Futbol

"Real" Chempionlar ligasining 4-turida "Braga"ga qarshi maydonga tushib, yirik 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Mazkur bahsda Arda Gyuler debyut qilishi kutilgandi, lekin murabbiy uni o‘yinga tushirmadi. Uchrashuvdan so‘ng tashkil qilingan matbuot anjumanida Karlo Anchelotti futbolchi haqdagi savolga javob berdi. 

"Biz Gyuler bilan juda ham ehtiyotkor bo‘lmoqdamiz. U hali juda yosh. Jiddiy jarohat olganidan keyin biz bilan bor-yog‘i 4 marta mashg‘ulot o‘tkazdi. Arda 100 foiz tayyor bo‘lganida maydonga tushadi", - dedi italiyalik mutaxassis. 

Eslatib o‘tamiz, "qaymoqranglilar" ushbu o‘yindan keyin ChLda pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Jamoani oldinda La Liga doirasida "Valensiya"ga qarshi o‘yin kutib turibdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!