"Nimalar bo‘lganini o‘zinglar ko‘rdinglar" - Oston O‘runov "Al-Hilol"ga qarshi o‘yin va Neymar haqida gapirdi

  • 19 sentabr, 2023, 13:00
  • 0
  • Futbol

“Navbahor”ning Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi debyutidagi “Al-Hilol”ga qarshi o‘yini hali yana ko‘p muhokamalar markazida bo‘ladi.

Nafaqat bizda yoki Osiyoda, balki jahon futboli OAVida ham. Sababi, raqib safida Neymar bor va u bizning jamoamiz darvozasiga yo‘l topa olmadi, klubini g‘alaba sari etaklay olmadi. “Navbahor” esa milliarder raqibiga nisbatan g‘alabaga yaqinroq edi.

Mayli, bir ochko ham ochko va uning qadri baland, buni tan olish kerak. “Navbahor” futbolchilarining har biriga alohida tashakkur. Ayniqsa, Oston O‘runov o‘zining eng yaxshi o‘yinlaridan birini ko‘rsatdi. Bu futbolchi maydonda katta hajmdagi ishni bajardi. O‘yindan so‘ng Sports.uz jurnalisti Oston bilan aloqaga chiqdi.

- Rosti, “Navbahor” “Al-Hilol”ga qarshi raqibning kuchini sindirish uchun hujumlariga juda yaxshi bloklar qo‘ydi. Jamoa qanday qilib Osiyoning kuchli klubini to‘xtata oldi?

- Jamoa sifatida bir-birimizga yaqin o‘ynaganimiz va o‘zimizga bo‘lgan ishonch.

Oston7_1

- Qayd etilgan durangdan rozimisiz?

- Albatta, “Al-Hilol”ga qarshi durang yomon natija emas. To‘g‘ri, biz g‘alaba qozonib ketsak ham bo‘lardi. Nimalar bo‘lganini o‘zinglar ko‘rdinglar.

- “Navbahor” 100-daqiqada ham “Al-Hilol”ni yutib turgandi. Juda alamli durang. 114 daqiqa qo‘shilishi “Navbahor” futbolchilariga qo‘shimcha “nagruzka” bo‘ldimi?

- Ha, og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ikki haftalik tanaffus va terma jamoa bilan Amerikadan ancha yo‘l bosib keldik. Bu klubga qarshi 114 daqiqa o‘ynash juda og‘ir.

oston4_2

- Neymarning maydondagi hatti-xarakatlarini qanday baholaysiz? U juda asabiylashdi...

- Neymar haqida yomon gapirishni xohlamayman. Chunki uning o‘yinlari menga yoqadi.

- Faoliyatingizda siz o‘ynagan eng mashhur yulduzlar orasida Neymar top-darajadagisimi?

- Ha, lekin undan yaxshiroq o‘yin kutgandim.

- Babayan o‘yindan avval va keyin sizlarga nima dedi?

- Hamma murabbiy aytadigan gaplarni aytdi.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!