Nodirbek Abdusattorov dunyo reytingida keskin ko‘tarildi (foto)

Xabar berib o‘tganimizdek, Niderlandiyaning Veyk-an-Ze shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess 2023" turniri davom etmoqda.

Musobaqaning 5-raundida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov birinchi raqamli shaxmatchi Magnus Karlsenni mag‘lub etib, musobaqadagi ochkolari sonini 4 taga etkazib olgan edi. 

Shuningdek, mazkur g‘alabalar unga 18,4 reyting ochkolarini ham keltirdi. Nodirbek klassik shaxmat bo‘yicha jahon reytingida 12 pog‘ona yuqorilab, jami 2731 ochko bilan 18-o‘ringa joylashdi. 

Jahon reytingi top 20 taligi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

IMG_20230120_010845

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!