Nodirbek Abdusattorov Magnus Karlsenni mag‘lub etdi

Niderlandiyaning Veyk-an-Ze shahrida shaxmat bo‘yicha nufuzli "Tata Steel Chess 2023" turniri davom etmoqda.
 
Masters guruhi 5-tur bahslarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov dunyoning birinchi raqamli shaxmatchisi, norvegiyalik Magnus Karlsenga qarshi dona surdi. Keskin va qiziqarli o‘tgan o‘yinda Abdusattorov g‘alaba qozondi.
 
5-tur yakuniga ko‘ra Abdusattorov 4 ochko jamg‘arib hamon peshqadamlar safida bormoqda. Karlsenda esa 2 ochko mavjud.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!