Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarovning 6-turdagi natijasi va navbatdagi raqiblari bilan tanishing

Niderlandiyaning Veyk-an-Ze shahrida shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess 2023" turniri bo‘lib o‘tmoqda.

6-turda masters guruhida ishtirok etayotgan hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Rameshbabu Pragnanandxa bilan durang o‘ynadi va 4,5 ochko bilan jadvalda hamon etakchilik qilmoqda. Uning navbatdagi turdagi raqibi ham hindistonlik shaxmatchi Arjun Erigasi bo‘ladi. 

Chelenjerlar tasnifida esa Javohir Sindarov braziliyalik Luis Supi bilan durang qayd etib, 4 ochko bilan turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. 7-tur bahslarida Sindarov mezbon shaxmatchi Elien Roebersga qarshi dona suradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!