"Nurafshon"da Usmon Toshevning o‘rnini kim egalladi?

  • 11 oktabr, 2021, 20:27
  • 0
  • Futbol

Yaqinda Usmon Toshev O‘FAda ish boshladi. Ungacha pro-ligada Buxoroning “Nurafshon” klubiga bosh murabbiylik qilayotgandi.

Toshevdan keyin jamoani kim boshqarishi ham kun tartibidagi masalaga aylangandi. Bugun Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, “Nurafshon” klubini endilikda Mirislom Hasanov boshqaradi.

Buxorolik ushbu mutaxassis bunga qadar ham ma’lum vaqt jamoani boshqargandi. Oxirgi marta u “Nurafshon U-18” jamoasiga ustozlik qilib kelganini qo‘shimcha qilish darkor. Ayni paytda buxoroliklar Mirislom Hasanov boshchiligida “Olimpik” bilan bo‘ladigan muhim o‘yinga tayyorlanishyapti.

Tez orada Sports.uz saytida “Nurafshon” bosh murabbiyi bilan suhbatni o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!