OChL yarim finalidan o‘rin olgan uchrashuv noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi

Al-Chempionlar ligasi 2023/24 yilgi mavsum yarim finalidan o‘rin olgan "Al-Ayn" - "Al-Hilol" jamoalari o‘rtasidagi ilk bellashuv noqulay ob-havo sharoiti tufayli qoldirildi. Bu haqda Osiyo Futbol Konfederatsiyasi xabar berdi. 

Uchrashuv bugun "Hazza Bin Zayed" o‘yingohida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq Birlashgan Arab Amirliklari  rasmiylarining maslahatidan so‘ng BAA futbol assotsiatsiyasi  muxlislar, futbolchilar va boshqa o‘yinga aloqador shaxslarning xavfsizligini inobatga olib, seshanba kungi barcha futbol tadbirlarini to‘xtatdi. 

Bellashuv ertaga, xuddi shu vaqtda (21:00) o‘tkaziladi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!