O‘FA rahbariyati Andijonda "Universal" sport majmuasi va viloyat futbol akademiyasiga tashrif buyurdi (foto)
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov hamda vitse-prezident Odil Ahmedov kuni kecha Andijon viloyatiga tashrif davomida futbol akademiyasiga tashrif buyurdi.
Andijon futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmatining xabari berishicha, Andijon futbol akademiyasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda hozirgi vaqtga qadar faoliyat yuritib kelgan Nasibullo Madrahimov Muratovichga minnatdorchilik bildirilib keyingi faoliyatlariga omad va zafarlar tilandi hamda futbol akademiyasiga bosh direktori qilib Shavkat Mullajonov Baxtiyorovich tayinlandi, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, Ravshan Irmatov hamda Odil Ahmedov futzal bo‘yicha 2024 yilgi jahon chempionati bo‘lib o‘tadigan «Universal» sport majmuasida davom etayotgan ishlarni ko‘zdan kechirdilar.
Arenada zaruriy sharoitlar FIFA talablariga muvofiq tashkil etilishi bo‘yicha fikrlar almashildi.
Fikrlar