O‘FA vakillari Andijon bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi

  • 18 aprel, 2019, 22:10
  • 0
  • Futbol
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov bolalar futbolini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijonga tashrif buyurgani haqida xabar berib o‘tgandik. 

O‘FA Birinchi vitse-prezidenti Sho‘rbuloq dahasida joylashgan Andijon bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasiga bordi. Umid Ahmadjonov bu erda yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, akademiya binosi, tarbiyalanuvchilarning yotoqxonalari, ovqatlanish joylari, futbol maydoni, kiyim almashtirish xonalari bilan yaqindan tanishdi. 

Tashrif davomida akademiyalarda faoliyat olib borayotgan bolalar murabbiylarining malakasini muntazam ravishda oshirib borish, buning uchun milliy va olimpiya terma jamoalarimizda ishlayotgan murabbiylar, Superliga klublarini boshqarayotgan mutaxassislar ishtirokida seminarlar va o‘quv kurslari tashkil qilish kerakligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mamlakatimiz bo‘ylab hududuiy murabbiylar tayyorlash markazlarini tashkil etish zarurligi, bu jarayon viloyatlardagi murabbiylarning doimiy ravishda poytaxtga qatnab, seminar va o‘quv kurslarida ishtirok etish ovoragarchiligidan xalos etishi ta’kidlandi. Ana shunday markazlardan biri Andijonda barpo etilishi bo‘yicha vazifa belgilandi.

Akamediyaga tashrif so‘nggida Umid Ahmadjonov bu erda tarbiyalanayotgan yosh futbolchilarga O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan sovg‘alar, futbol to‘plari taqdim qildi. O‘z o‘rnida akademiya tarbiyalanuvchilari O‘FA Birinchi vitse-prezidentiga "Ahmadjonov" yozuvi tushirilgan maxsus futbolka sovg‘a qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!