O‘FAga rad javobini bergan Keyrush yangi joyda ish boshladi

  • 8 sentabr, 2021, 18:14
  • 0
  • Futbol

Eron milliy terma jamoasi boshqaruvidagi natijalari bilan Osiyo futboliga yaxshi tanish bo‘lgan Karlush Keyrush yangi joyda ish boshladi.

Misr Futbol Assotsiatsiyasining xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassisi endi mamlakat terma jamoasini boshqaradi. Uning so‘nggi ish joyi Kolumbiya MTJ bo‘lgan edi.

Avvalroq, O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi ham 68 yoshli murabbiyga taklif bilan chiqqani ma’lum qilingandi. Ammo Keyrush oilaviy sabablar tufayli terma jamoamiz bosh murabbiyligiga kelishni istamagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!