Oksana Chusovitina Xitoydagi musobaqada kumush medalni qo‘lga kiritdi

Xitoyning Chjaotsin shahri sport gimnastikasi bo‘yicha “FIG World Challenge Cup”ning birinchi bosqichiga mezbonlik qilmoqda. Quvonarlisi, musobaqaning tayanib sakrash sektorida ishtirok etgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina yana bir bor shohsupaga ko‘tarildi.

Chusovitina bugun o‘zining sevimli yo‘nalishida 14.350 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa unga yakunda kumush medalni taqdim qildi. Bellashuvda oltin medal xitoylik Yu Linminga nasib etgan bo‘lsa, malayziyalik Yuex Tan In kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Manba: olympic.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
20/05/2019 20:21
Чусовитина фаолиятини якунласа, медалсиз колиб кетамиз шекилли
махмуда Джураева
21/05/2019 15:15
Табриклаймиз Оксана - бизнинг тирик афсонамиз! Илохо Токиода хам энг баланд жой Сизники булсин! Калбимиз шохсупасида эса биринчисиз, рахмат Сизга, Сизга замонжош булиш кандай яхши!
махмуда Джураева
21/05/2019 15:17
Сизга замондош булиш, деб укилсин! Узр сурайман!
&
21/05/2019 19:26
Fikrlaringizga to'liq qo'shilaman. Bu darajadagi sportchi yaqin kelajakda tug'ilmasa kerak. Shunchaki super tariflashga so'z topib bo'lmaydi. Faxrlanamiz