O‘quvchilar bugun "Paxtakor"ning g‘alabasiga ishonishmoqda. Ayrimlar esa majburligidan "sherlar"ga muxlislik qilyapti (Foto)

  • 14 sentabr, 2020, 22:49
  • 0
  • Futbol

Bir necha daqiqadan so‘ng, "Paxtakor" restart olgan OChL-2020 guruh bosqichidan o‘rin olgan "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinda maydonga tushadi.

Bellashuv oldidan SPORTS.uz saytining telegramdagi rasmiy sahifasida so‘rovnoma o‘tkazildi, bugungi o‘yinda qanday natija qayd etilishi mumkinligi to‘g‘risida.

9211582835025

2000 odam qatnashgan so‘rovnomada o‘quvchilarning katta qismi - 65 foizi Shota Arveladze shogirdlarining g‘alabasiga ishonmoqda. 24 foiz kuzatuvchi esa raqib g‘alabasini taxmin qildi. 11 foiz muxlis esa durang bo‘lishini aytgan.

photo_2020-09-14_22-21-24

Yana shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar va saytimizdagi xabarlarning kommentlarida "Paxtakor"ga chin dildan omad tilagan o‘quvchilar juda ko‘pchilikni tashkil qildi. Qolaversa, noilojlikdan toshkentliklarga muxlislik qilayotganlar ham etarli. Chunki ular "Paxtakor" g‘alaba qozonsa, OFKda mamlakatimiz reytingiga ochko yig‘ishini va bu bizga beriladigan kvotalarda asqotishini bildirishgan.

Bezymyannyy1

Nima bo‘lganda ham OChLda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan "Paxtakor"ga omad va zafarlar tilab qolamiz!!! 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!