O‘rtoqlik o‘yini. Meksika Avstraliya bilan zo‘rg‘a durang o‘ynadi, navbatdagi raqib - O‘zbekiston!

  • 10 sentabr, 2023, 13:31
  • 0
  • Futbol

O‘rtoqlik o‘yini doirasida bo‘lib o‘tgan Meksika - Avstraliya bahsida jangovor 2:2 hisobidagi durang natija qayd etildi. 2:0 hisobida oldinda borayotgan "kengurular" yakunda g‘alabani qo‘ldan boy berdi. 

16-daqiqada Souttar Avstraliyani hisobda oldinga olib chiqdi, 63-daqiqada esa Boyle penaltidan unumli foydalanib oradagi farqni ikkitaga oshirdi. 

Biroq 69-daqiqada Ximenes ham penaltidan adashmadi va hisobni qisqartirdi. 83-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Uerta meksikaliklarning ikkinchi golini urdi. Shu tariqa, tomonlar qiziqarli kechgan o‘yinda murosa ko‘chasini tanladi. 

Endi Meksika terma jamoasi AQShga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan O‘zbekiston terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 13 sentyabr kuni 04:30 da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!