O‘rtoqlik uchrashuvi. Tunda O‘zbekiston milliy terma jamoasi AQSh bilan kuch sinashadi!

  • 9 sentabr, 2023, 10:10
  • 0
  • Futbol

AQShda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini olib borayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi mezbon AQSh milliy termasi bilan kuch sinashadi. Bahs Toshkent vaqti bilan tungi 02:30 da start oladi. 

Bahs 02:30 da Sent-Luis shahridagi "CityPark" stadionida boshlanadi. Uchrashuvni "Sport" telekanali hamda SPORTS.uz ning Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi "SPORTS.uz Live" kanalida JONLI EFIRDA tomosha qilishingiz mumkin!

Eslatib o‘tamiz, AQSh bilan o‘yindan so‘ng hamyurtlarimiz Meksikaga qarshi saf tortadi. Ushbu bellashuv Toshkent vaqti bilan 13 sentyabr 04:30 da boshlanadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!