Osimxen Maradonani va yana bir "Napoli" afsonasining rekordini yangiladi

Viktor Osimxen "Napoli" safida qatorasaiga 4-mavsum A Seriyada 10 tadan ortiq gol urib kelmoqda. 

Kecha forvard A Seriya 21-turidan o‘rin olgan "Sassuolo"ga qarshi o‘yinda (6:1) xet-trik qayd etdi. Endilikda uning joriy mavsum A Seriyadagi gollari soni 11 tani tashkil etadi. 

Osimxen "Napoli" tarixida ketma-ket 4 mavsum Italiya chempionatida 10 va undan ortiq gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi. Undan avval bu ishni faqat Diego Maradona (1984-1988) va Attila Sallustro (1929-1933) uddalagan. 




Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!